Ajratilayotgan mablag'lardan samarali foydalanish orqali loyihalar qiymatini kamida 20-30 foizga qisqartirish mumkinligi qayd etildi.

Yig'ilishda yo'llarni loyihalash me'yorlarini takomillashtirish zarurligiga e'tibor qaratildi.

Kichik, o'rta va katta yo'llar uchun ham, shuningdek, vohadagi yo'llar bilan vodiydagi yo'llar uchun ham bir xil “shablon” loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Loyihalarda yo'l bo'yi infratuzilmasini nazarda tutilgan holda xalqaro yo'llarda savdo va servis ob'ektlarini tartibli joylashtirishga e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.