Shu tariqa koreyalik oʻquvchilar soʻnggi yillar davomida Oʻzbekistonda ushbu sohada amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar bilan tanishganlari barobarida mazkur yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni

rivojlantirish, taʼlim boʻyicha barcha saʼy-harakatlarni tizimli muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan bir qator muhim takliflardan ham voqif boʻlishdi. Shu

oʻrinda konferensiya yakunlari boʻyicha BMT Bosh Assambleyasining bolalar tarbiyasi masalalari umumbashariy taraqqiyotga erishishning muhim omili ekani toʻgʻrisida maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish va

ushbu hujjatda bolalarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari, ularning maʼnaviy va jismoniy barkamolligini taʼminlash, qobiliyat va salohiyatlarini toʻliq namoyon eta olishlari uchun ota-onalarning

masʼuliyatini yanada oshirish kabi masalalar oʻz ifodasini topishi lozimligiga urgʻu berilganini alohida taʼkidlash lozim.