Jumladan, Namangan viloyati “Issiqlik taʼminoti” Davlat unitar korxonasi qozonxonalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish natijasida, tumanidagi koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik bilan taʼminlash imkoniyati yaratiladi.
Hozirgi kunda Davlatobod tumani “Porloq” MFY hududida joylashgan koʻp kvartirali uylarda demontaj va montaj ishlari yakunlanib, xonadonlarga zamonaviy biometal isitish radiatorlarini oʻrnatish ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.
Aholi esa yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan mamnun.