Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Davlatobod tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. 2021-2022 oʻquv yili test imtihonlariga oʻzining oʻrniga tanishi M.R.ni kiritish uchun uning foto suratini rasmiy hujjat hisoblangan maʼlumotnoma va Davlat test markazining abituriyent ruxsatnomasiga joylashtirib, ushbu hujjatga rasmiy tus berish maqsadida Namangan shahar IIO FMB va FRB boshligʻi imzosini soxtalashtirganligi aniqlangan.
M.R. ushbu soxta hujjatlar orqali 13.08.2021-yilda boʻlib oʻtgan qabul imtihonida qatnashish uchun nazorat yoʻlagidan oʻtmoqchi boʻlganida toʻxtatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.









