So'ng N.Sh. ushbu pullarning 11.453.244.343 so'm miqdorini  noqonuniy o'zlashtirgan. Echib olingan pullar jinoiy guruh a'zolari o'rtasida taqsimlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Juda ko'p miqdorda o'g'rilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Toshkent shahar IIBB tomonidan olib borilgan tezkor tergov harakatlari natijasida 11 nafar fuqarolar gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.

Shuningdek, ikki nafar gumonlanuvchilar 1986 yilda tug'ilgan Umarov Sanjar Ravshanovich hamda 1988 yilda tug'ilgan Abduraxmonov eldor Shuxratovichlarni ushlash choralari ko'rilmoqda.  
Tergov harakatlari davom etmoqda.