“Oʻzbekkonsert”ning 9 oylik faoliyati yakunlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Oʻzbekkonsert” xabar bermoqda.
Oʻzbekiston Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov raisligida oʻtgan tanqidiy ruhdagi yigʻilishda Muassasaning oʻtgan toʻqqiz oylik faoliyati tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Yigʻilish avvalida Bahodir Ahmedov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Muassasa rahbari vazifasini bajarib kelgan Davron Sheraliyevning vazifasidan ozod etilganini bildirildi.
Shu paytga qadar direktorning ijodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelgan Erdanov Sanjar “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Muassasa markaziy apparati va barcha hududiy boʻlimlarning hisoboti eshitilib, natijalar jiddiy tahlil qilindi. Oʻz faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hududiy boʻlim rahbarlarining ayrimlari oxirgi marotaba ogohlantirildi. Shuningdek, joriy yilning yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, oʻzgarish boʻlmasa, vazifasidan ozod etilishlari taʼkidlandi.
Yigʻilish davomida Muassasaning ish faoliyati qayta koʻrib chiqlib, bir oy mobaynida yangi ijodiy loyihalar boʻyicha aniq choralar belgilanishi, soha mutaxassislari bilan Respublika boʻylab tashkil etilayotgan konsert-tomosha va koʻngilochar tadbirlarining dasturlarini alohida eʼtiborga olish, agarda kamchliklar va xatolar kuzatiladigan boʻlsa, ularni bartaraf etish uchun hududiy ommaviy tadbirlar Komissiyalari orqali ish olib borish, yosh iqtidorlarni kashf etish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Joriy yilning yakunigacha ish faoliyatida ijobiy natijaga erishishlari zarurligi bildirilib, oʻzgarish boʻlmasa, vazifasidan ozod etilishlari takidlandi.