Festivalda yil davomida yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara qisqa metrajli filmlar tanlab olinib, g'oliblar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

 Bir hafta davom etadigan milliy festivalda shuningdek, mahorat darslari, pitchinglar, turli janrdagi qisqa metrajli fil`mlarning taqdimoti, yoshlar uchun shou-kontsertlar tashkil etiladi.

Kinofestival "Milliy kinematografiya – Yangi O'zbekistonning timsoli" kinooyligi doirasida o'tkazilayotgan bo'lib,  u 2022-yil 14-yanvargacha davom etadi, deb xabar beryapti Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi axborot xizmati.