Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish Bayoni”ga muvofiq, Davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab filmlarni ishlab chiqarish uchun institutda turli yoʻnalishda tahsil olayotgan ijodkor talabalar hamkorlikka chaqirildi.

Institut Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Eldor Shermonov, “Ovoz rejissyorligi va operator mahorati” kafedrasi mudiri Iqbol Meliqoʻziyev hamda ijodkor talabalar bilan yangi filmlar boʻyicha suhbatlar olib borildi. “Oʻzbekkino” MAda har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan “Debyut” ijodkor yoshlar kinofestivalining bu yilgi filmlari davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga bagʻishlanadi.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati