Bir necha kun yoqqan yomg'ir to'xtadi. Odamlar suv ichiga kirib bo'lsa-da uy-joyini saqlab qolishga harakat qilmoqda. Rasmiylar ularni shaharning xavfsiz hududlariga ko'chib o'tishga chaqirdi. Hammaga yordam berishning imkoni bo'lmayapti.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 40 kishidan oshgan. Toshqin ko'plab ko'chkilarni yuzaga keltirdi. Suv toshqini yuz bergan hududlarga milliy ofatlarga qarshi kurash kuchlari guruhi jalb qilindi, deb xabar beradi mir24.tv.