Davlat ekologiya qoʻmitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumani, “Oqqishloq” MFY, Qizilsoy qishlogʻida yashovchi fuqaro K.Sh. ekanligi maʼlum boʻlib, uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topildi.
Shuningdek, ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning soʻzlariga koʻra, u ayiq bolasini oʻlik holda topganligini iddao qilmoqda.
Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan oʻtkaziladi.
Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etiladi, deya xabar bermoqda Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati