Dehqonobodda loyiha qiymati 54 mlrd soʻm boʻlgan suv ombori qurilmoqda

    Mamlakatimizda 13 Fevral 2021 1596

    Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov tumanda yangi qurilayotgan suv ombori qurilishini koʻzdan kechirdi, deb yozadi hokimlik axborot xizmati.

    Xabarga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi qaroriga asosan, ushbu suv omborining foydalanish hajmini oshirish ishlari 2017-yilgi manzilli dasturga kiritilgan. Shu asosda tender savdolari oʻtkazilib, unda gʻolib deb topilgan “Yakkabogʻ qoʻrgʻoni” korxonasi qurilish ishlarini bajarmoqda.

    240 gektardan ortiq maydonni egallagan suv ombori hududida uzunligi 850 metr, balandligi 36,2 metr hajmdagi suv toʻgʻoni qurish, taʼmirlash, koʻprik barpo etish va boshqa ishlar amalga oshirilmoqda.

    Tumandagi mazkur suv ombori 1976—1982-yillarda qurib bitkazilgan boʻlib, 2017—2019-yillarda 22 milliard soʻmlik qurilish-tiklash ishlari bajarilgan. 2020—2022-yillarda esa 32 millard soʻmlik ishlar bajariladi.