11-13-dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan soʻng Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo harorati asta-sekin koʻtariladi.
14-dekabrda kechasi 8-13° sovuq, shimolda 15-17° sovuqqacha atrofida hali ham sovuq boʻladi, kunduz kuni esa havo 0-5° iliqqacha isiydi.
15-17-dekabr kunlari harorat kechalari 0-5° sovuqqacha, baʼzi joylarda 2° iliqqacha koʻtariladi, kunduz kunlari 4-9° iliqdan
0-5° iliqqacha oʻzgarib turadi.
14-17-dekabr kunlari davrida respublikaning barcha hududlari boʻyicha yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16 dekabrda baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Poytaxtimizda 14-15-dekabr va 17 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, 16-dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Harorat kechalari 11-13° sovuqdan 0-2° sovuqqacha asta-sekin koʻtariladi, kunduz kunlari 14-dekabrda 1-3° iliq, 15-dekabrda 4-6° iliq, 16-dekabrda 0-2° iliq, 17-dekabrda 2-4° iliq boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yoʻllarda yaxmalak yuzaga keladi.
19-dekabrda respublikaning shimolida va choʻl hududlarida, 20-dekabrda markaziy viloyatlarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika boʻyicha baʼzi joylarda (1-2 kun) yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
Havo harorati 18-dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi
5-10° iliq, 19-20-dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq boʻladi, kunduzi
0-5° iliqqacha pasayadi.
21-31-dekabrda harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqdan 7-12° iliqqacha, shimolda kechalari 0-5° sovuqdan 10-15° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqdan 2-7° sovuqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.