“Deklaratsiyalar muloqoti” seminar shaklida davom etmoqda

    Mamlakatimizda 16 May 2022 951

    Poytaxtimizda bugun boshlangan “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumi dasturiga koʻra, ikki kun davomida turli masalalarga bagʻishlangan seminarlar boʻlib oʻtadi.

    Ayni payt “Madaniyatlararo diniy savodxonlik va global xavfsizlik”, “Din va qonun ustuvorligi”, “Konfessiyalararo munosabatlarni rivojlantirish” mavzulari davra suhbati tarzida muhokama etilyapti.

    I seminarda AQSH Global hamkorlik instituti prezidenti Kris Saypl “Madaniyatlararo diniy taʼlim ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashning asosiy omili sifatida” nomli taqdimotini namoyish qildi.

    — Konfessiyalararo bagʻrikenglikning gʻoyaviy asosi plyuralizm va xilma-xillikning qadri, ahamiyatini eʼtirof etishdan iborat, — dedi, jumladan, janob Saypl oʻz chiqishida.

    AQSH jahon instituti ilmiy xodimi Noks Temz seminar chogʻida ”Diniy ozchilik va koʻpchilikning madaniyatlararo diniy savodxonligi dinamikasi” mavzusida maʼruza oʻqidi.

    II va III seminarlarda Renata Uits, Imom Muhammad Majid, Pastor Bob Roberts singari taniqli xorijiy ekspertlar turli mavzular doirasida ishtirokchilar bilan oʻz fikr-mulohazalarini oʻrtoqlashdi.