Delegatsiya rahbariyati sportchilarimiz yashayotgan Paralimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi – Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse prezidenti Muxtorxon Tashxodjayev va Sport vaziri oʻrinbosari Murod Ismoilov boshchiligidagi masʼullar ishtirokida shaharchadagi Oʻzbekiston delegatsiyasining tezkor shtabida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda har bir mutaxassisga oʻziga yuklatilgan vazifalarni yuqori darajada bajarish, yurtimiz para atletlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish borasida tegishli koʻrsatmalar berildi. Rahbarlarimiz boʻlajak oʻyinlar oldidan duoga qoʻl ochib, matonatli para sportchilarimizga omad va muvaffaqiyat tiladi.
Shundan soʻng mutasaddilar delegatsiyamiz uchun ajratilgan xonalar, tibbiyot boʻlimi va sportchilarning ovqatlanishlari uchun yaratib berilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.