“Dendropark”da er ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq ko'plab holatlar aniqlandi

    Tashvishli xabar 23 Oktabr 2023 1248

    Holat bo'yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.

    Bosh prokuratura tomonidan Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda O'rmon xo'jaligi agentligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti hududida o'simliklar dunyosi muhofazasi va o'rmon fondi erlaridan foydalanish ahvoli o'rganildi.

    O'rganishda Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “Darxon” ilmiy-tajriba stantsiyasi (“Dendropark”) er maydonlari mutaxassislar ishtirokida ko'zdan kechirilib, daraxtlarni nobud qilish, er ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq ko'plab holatlar aniqlandi.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 198 (ekinzorlarni, o'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    Tergov harakatlari o'tkazilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura rasmiy bayonotida.