Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – bosh boshqarma boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Pardayev Rustam Ubodullayevich Denov tumani hokimi etib tasdiqlandi.
R.Pardayev 1979-yil 7-aprelda Qiziriq tumanida tugʻilgan. 2006-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi iqtisodchi. Mehnat faoliyati davomida AT «Mikrokreditbank» Jarqoʻrgʻon filiali boshqaruvchisi va viloyat filiali, viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi, investitsiyalar bosh boshqarmasi, investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ham ishlagan.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi.