Bu maʼlumot “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJning Komplayens-nazorat boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Denov tuman boʻlimi tomonidan taqdim etilgan moddiy-ashyoviy hisobotda 14 436 609 soʻmlik quvurlar mavjud boʻlishiga qaramay, Denov tuman hokimligining 2021-yil 28-apreldagi 01-36/489-son xatiga javoban 2021-yil 29-aprelda 6/224-son bilan “Surxondaryo suv taʼminoti” MCHJ kadrlar boʻlimi boshligʻi K.Eshonkulov holatga oydinlik kiritmagan holda mazkur quvurlarni korxonaning balansida emasligi toʻgʻrisida xat kiritgan, deya xabar berdi “Oʻzsuvtaʼminot” axborot xizmati.
Ushbu holatni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar 2021-yil 29-aprel kuni 6/224-son chiqish xati bilan Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan.