Ishlar yakuniga yetgach, 6 ta mahallaning ichimlik va oqova suvi tarmogʻi yaxshilanadi. 5 mingta xonadon kanalizatsiya tarmogʻiga ulanadi.

18 ta mahallani markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida Bobur mahallasidagi ichimlik suvi ishlab chiqarish va tarqatish inshooti rekonstruksiya qilinmoqda.

Maʼlumot uchun, Denov tumanidagi 392 ming aholining 254 ming nafari (64,9 foiz) markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. 135 ming aholi (34,4 foiz) muqobil manbalardan foydalanadi. Olis hududlarda yashovchi, ichimlik suvi zahirasi boʻlmagan 2,5 ming (0,6 foiz) aholiga suv maxsus transport vositalari orqali yetkazib beriladi.