Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Payshanba kuni kechqurun Denver xalqaro aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot harakatlanayotganda unda tutun hosil bo'lib, keyin yong'in yuz bergan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan kadrlarda yo'lovchilar shoshib samolyotni tark etgani, ba'zilari esa uning qanotiga chiqib borganini ko'rish mumkin. Ayrim guvohlarning so'zlariga ko'ra, yong'inga reaktiv yonilg'ining yonishi sabab bo'lgan.
Aeroport rahbariyati yong'inni o'chirishga o't o'chiruvchilar jalb qilingani, yo'lovchilar esa puflanuvchi traplar yordamida evakuatsiya qilinganini ma'lum qildi. Jabrlanganlar haqida ma'lumot yo'q, deb xabar beradi report.az.