Oʻrganish jarayonida ishchi guruh tomonidan viloyatda “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi doirasida tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, kasalliklarni erta aniqlash, toʻgʻri tashxislash va davolash uslublarini oʻzgartirib, bu borada yangicha tizim tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi.

Xususan, xalq vakillari tomonidan joriy etilgan yangi tizimlar boʻyicha tibbiy xarita shakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga boʻlinganlik holati, mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan manzilli ishlay boshlanganligi hamda tibbiyot muassasalarida aholiga qaysi xizmatlar bepul koʻrsatilayotganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, viloyatining Urganch shahri, Yangiarik, Xonka va Xiva tumanlaridagi tibbiyot birlashmalari hamda oilaviy poliklinikalarga tashrif buyurilib, birlamchi tibbiyot muassasalarining kadrlar bilan taʼminlanganligi, ularning malakasini oshirish hamda toifalanish darajasi koʻrsatkichlari, birlamchi tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik holati, muassasalarda aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida raqamlashtirish tizimining yoʻlga qoʻyilganligi hamda ortiqcha qogʻozbozlikni kamaytirish maqsadida “tibbiyot brigadalari” maxsus kompyuter-planshetlari, mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan taʼminlanish holatlari tahlil qilindi.

Muassalara faoliyati bilan tanishuv jarayonida olis hududlardagi fuqarolarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun “Qishloq shifokori” dasturining joriy qilinishi kabi qator masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, Yangiariq tuman tibbiyot birashmasi, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, tumandagi 60-Oilaviy poliklinika hamda Xonqa tuman tibbiyot birlashmasidagi mavjud 365 ta koykalar soni, 380 qatnovga moʻljallangan koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, xar biri 100 qatnovga moʻljallangan 6 ta oilaviy poliklinika va 2 ta qishloq vrachlik punkti, 30 oʻrinlik shoshilinch tez yordam boʻlimi, 85 oʻrinlik tugʻruq boʻlimi hamda oshxona, kirxona va xoʻjalik boʻlimlari faoliyat oʻrganilganda ijobiy va slbiy natijalar qayt etildi.

Xususan, ijobiy holat sifatida profilaktika muassasalari doimiy ravishda “Salomatlik-2” va “Salomatlik-3” dasturlari boʻyicha zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan yangilanib, 2020-yilda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 6 ta oilaviy poliklinikalar zamonaviy ultratovush va stomatologik jixozlarni oʻrnatish uchun tibbiy xonalar shay qilib qoʻyilganligi qayt etildi. Ammo tuman tibbiyot birlashmasi birlamchi tibbiy xizmat muassasalarida tibbiy brigadalarga 90 donadan planshet, tanometr, pulsoksimetr, boʻy oʻlchagich, EKG, glyukometrga extiyoj mavjud.

Shu bilan birga deputat va senatorlar tumandagi mavjud 50 ta umumtaʼlim maktablarida bolalar salomatligini uzliksiz taʼminlash uchun ajratilgan tibbiyot xodimlari faoliyatini ham oʻrganishdi. Bugungi kunda tumandagi 50 ta umumtaʼlim maktablarida 27 shtat birligi maktab hamshiralari stavkalarida 42 nafar hamshira faoliyat olib bormoqda. 9 ta umumtaʼlim maktabida maktab xamshirasi shtat birliklari ajratilmasdan hududiy oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari va hamshiralari tomonidan berkitilgan holda tibbiy xizmat koʻrsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Ishchi guruhi “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi, viloyatda qon donorligining bugungi holati, mavjud muammolar hamda sohani rivojlantirish yuzasidan bajarilishi lozim boʻlgan vazifalarni ham tahlil qilishdi.

Viloyat Qon quyish markazi shifokor va xodimlari bilan oʻtkazilgan suhbatlar jarayonida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, donor qoni va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish holati, qon bilan ishlash xizmatining qay darajada yoʻlga qoʻyilganligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qon va uning tarkibiy qismlari donorligi sohasidagi vakolatlarini bajarish holati, begʻaraz donorlikni targʻib qilish boʻyicha faollar (volontyorlar) harakati tashkil etilganligi kabi masalalar muhokama qilindi.

Hozirda ishchi guruhi tomonidan viloyatning qolgan tuman va shaharlaridagi aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va tibbiyot muassasalarining moddiy texnik bazasining bugungi mavjud holatini oʻrganish borasizadagi ishlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi “Adolat” SDP Matbuot xizmati.