Deputatlar bogʻchalarda oʻrganish olib bordi

    Yechimi vaqt talab qiladigan muammolar deputatlar nazoratiga olindi.

    Qumqoʻrgʻon tuman kengashi tomonidan tumanning Xoʻjamulki mahallasidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati oʻrganildi.

    Oʻrganishda maʼlum boʻlishicha, ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti 120 nafar bolaga moʻljallangan. Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kundalik ovqatlanish ratsioni, taʼlim-tarbiya jarayonlarining qanday tashkil etilgani atroflicha oʻrganildi.

    Shu bilan birga, mavjud muammolar aniqlanib masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida hal etildi. Baʼzi yechimi vaqt talab qiladigan muammolar deputatlar nazoratiga olindi.