Xususan, 2021-yil 24-mart kuni Xalq deputatlari Fargʻona viloyati va tuman-shaharlar Kengashlari huzurida senatorlar, deputatlar va jamoat faollari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlardan iborat “Xalqparvar” Jamoatchilik komissiyalari tuzildi.
Prezidentimizning yuqoridagi Farmoniga asosan, qishloq joylarda koʻp kvartiralik uy-joylar qurilishini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkaziladi. Shaharlarda koʻp kvartiralik uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini «Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasidagi elektron auksionga qoʻyiladi. Tuman-shahar hokimligi tomonidan mahallalar kesimida uy-joyga muhtoj fuqarolar roʻyxatini shakllantiriladi.
Kuni-kecha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari B.Rahmonaliyev hamda M.Ibragimovalar Quvasoy shahri hamda Quva tumanlarida boʻlib, aholi uchun qurilayotgan uy-joylar bilan tanishdilar.
Hokimliklar tomonidan uy-joyga muhtoj fuqarolar roʻyxati shakllantirilgani, ipoteka krediti va subsidiyalar oluvchilar oʻrtasida mablagʻlarni adolatli taqsimlash borasidagi ishlarni joyiga chiqqan holda oʻrganib borilayotgani alohida taʼkidlandi.
Deputatlar dastlab Quvasoy shahridagi “Bunyodkor” yoʻldosh shaharchasidagi koʻp qavatli uy-joylarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Shundan soʻng Pakana MFY hududi kichik sanoat zonasidagi 2021-yil iyun oyida ishga tushishi rejalashtirilayotgan umumiy qiymati 10 mln.AQSH dollarlik “TSEMENT TEXNO SERVIS” MCHJning investitsiya loyihasi bilan tanishdilar. Ushbu loyiha orqali 320 nafar yangi ish oʻrinlarini yaratish belgilangan.
Soʻng deputatlar harbiylar va “Vatanparvar” tizimi xodimlari uchun milliy qorabayir naslli otlar tayyorlanadigan 2,5 gektar maydonda joylashgan, zamonaviy drenaj tizimiga ega ochiq va yopiq manejlar, solyariy va barcha kerakli jihozlar bilan taʼminlangan “Vodiy tulporlari” majmuasiga tashrif buyurib yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Taʼkidlandiki, hududlarda koʻp kvartiralik uy-joylar qurilishi tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Sh.Toʻxtamatov.