Qarorni 331 deputat qo'llab-quvvatladi.

Ishonchsizlik votumi masalasini avvaliga “Yangi xalq fronti” chap qanot koalitsiyasi ko'tardi, keyin esa o'ta o'ngchi “Milliy birlashish” byudjet loyihasi bo'yicha kelishmovchiliklar tufayli o'z tashabbusi bilan chiqdi.

Mishel Barne o'z nutqida uning hukumatiga ishonchsizlik votumi “jiddiy oqibatlarga olib kelishini” aytdi. Bosh vazir fransuzlarning “xarid qilish qobiliyatini yo'qolishi” va “yangi politsiya va harbiy xizmatchilarni jalb qila olmasligi” haqida gapirdi.

Fransiya Yevrokomissiya bosimi ostida o'zining katta qarzini kamaytirishga harakat qilmoqda. Barne idorasi davlat xarajatlarini qisqartirish orqali byudjet taqchilligini YAIMning 6 foizidan 5 foizgacha qisqartirishni taklif qildi.

Dushanba kuni bosh vazir tejamkorlik byudjetini qabul qilish – xarajatlarni 40 milliard yevroga qisqartirish va soliqlarni 20 milliard yevroga oshirishda parlament ovozini chetlab o'tish uchun konstitutsiyaviy banddan foydalandi, deb xabar beradi ru.euronews.com.