Onlayn tarzda 2 ta yoʻnalishda, 3 ta yosh toifasida oʻtkazilgan xalqaro tanlovda 25 ta davlatdan jami 437 nafar oʻquvchi-yosh ishtirok etdi.
Tanlovda Oʻzbekiston sharafini “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak aʼzolaridan iborat jamoa himoya etdi.
“Eng yaxshi muhandislik yechimi” nominatsiyasida Toshkent shahar, Olmazor tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak aʼzolari (toʻgarak rahbari Anatoliy Dushakov) Sitora Islomova, Amirbek Roʻzimaxammadov, Vladimir Budnikov, Lazizbek Bozorov, Jurʼat Muhammadjonov gʻolib deb topildi.
“Eng yaxshi texnologik loyiha” nominatsiyasi boʻyicha birinchi oʻrinni Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak aʼzolari Sardor Abdutohirov, Behruzbek Ismatullayev, Komronbek Umarqulov, Jasur Xudoyberdiyev, Ruslan Yusupov qoʻlga kiritdi.