Diagnostik test sinovlari uchun buyurtma berish boshlandi

    Davlat test markazi tomonidan joriy yilda abiturientlarga oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, ularni buyurtma qilish boshlandi.

    Davlat test markazi tomonidan joriy yilda abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlariga puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari formatidagi diagnostik test sinovlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularni buyurtma qilish boshlandi.

    Diagnostik test sinovi orqali abituriyentlar oʻz bilimlarini sinab koʻrish bilan bir qatorda, test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash koʻnikmasiga ham ega boʻladilar.

    Ushbu yaratilgan imkoniyatdan samarali foydalanish va diagnostik test materiallariga buyurtma berish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, “Diagnostik test materiallariga buyurtma berish” boʻlimiga kerakli maʼlumotlarni kiritgan holda bir vaqtning oʻzida yangi formatdagi diagnostik test materiallariga istalgan miqdorda buyurtma berishlari mumkin.

    Bitta test variantining narxi 15 000 soʻm.

    Buyurtma qilingan test materiallarini olish uchun Davlat test markazi va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlardagi boʻlimlariga murojaat qilinadi, deb xabar bermoqda Davlat test markazi axborot xizmati.