Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi

    Sport 15 Sentabr 2025 551

    Indoneziyaning Jakarta shahrida dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

    Musobaqaning soʻnggi kunida hamyurtlarimiz 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi.

    Oltin medal:

    -81 kg: Samandar Muhibiddinov

    -90 kg: Alisher Samanov

    -100 kg: Muhammadali Zoirov

    +100 kg: Fazliddin Rafiqov

    +78 kg: Umida Nigʻmatova

    Shu tariqa, 8 ta oltin, 3 tadan kumush va bronza medallarini jamgʻargan yoshlarimiz, oʻsmirlarimiz singari, umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi.