Diyetolog organizmda metabolizmni sustlashtirib, semirishga olib keladigan mahsulotlar nomini aytdi

    Diyetolog Moskovits organizmda metabolizmni sustlashtirib, semirishga olib keladigan mahsulotlar nomini aytdi.

    U shakar, myusli, oq guruch, shirinliklar, fast-fud, makaron va un mahsulotlarini ana shunay oziq-ovqatlar ro'yxatiga kiritdi. Shuningdek, shirin gazli ichimliklar ham zararlidir.

    Diyetologning tushuntirishicha, bunday mahsulotlar tez hazm qilinadi hamda glyukozaga aylanadi. Ular kuch beradi, biroq ularni iste'mol qilgach, odam tez och qoladi. Oqibatda odam ko'p yeyishni boshlaydi hamda ortiqcha vazn to'playdi.

    Mutaxassis metabolizmni yaxshilash uchun oqsil, kletchatkaga boy mahsulotlar, loviya, sabzavot va meva iste'mol qilishni tavsiya qildi, deb xabar beradi iz.ru.