Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan boʻyin tovlab kelgan.

Shu sababli unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida Oʻ.D. 10-mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.