27 Apr 2025
23:19

    Diyora Keldiyorova Boku "Katta Dubulg'a" chempioni

    Sport 4 Noyabr 2022 1653

    "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kun final bellashuvlari davom etmoqda.

    Quvonarlisi, -52 kg vazndagi dzyudochimiz Diyora Keldiyorova nufuzli musobaqa g'olibasiga aylandi. Olimpiya o'yinlari sovrindori, italiyalik Odette Gyuffridani vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratgan Diyora finalda mo'g'ulistonlik Sosorbaram Lhagvasurendan ustun keldi.

    Diyora Keldiyorova oltin medal` bilan birga qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi. Shundan 500 ochko Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun qo'shiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech