Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi aʼzoligiga nomzod

    Budapeshtda davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi aʼzoligi uchun saylov ham oʻtkazilmoqda.

    Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi maʼlumotiga koʻra, ovoz berish jarayoni boshlangan boʻlib, saylovda akreditatsiyadan oʻtgan sportchilargina ovoz berish huquqiga ega boʻladi.

    Eʼtiborlisi, nomzodlar orasida “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Diyora Keldiyorova ham bor. Ovoz berish jarayonida unga Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kas (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) raqiblik qiladi.