баннер
27 Apr 2025
03:40

    Diyora Keldiyorova nomidagi dzyudo klubi ochildi

    Sport 27 Fevral 2025 910

    Mazkur dzyudo klubi zaliga 4 ta tatami toʻshalgan. Unda jismoniy mashqlar bajarish imkonini beruvchi sport inventarlari, kiyinish, yuvinish va tibbiyot xonalari mavjud.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida har bir maktabda yakkakurash va jamoaviy olimpiya sport turlari boʻyicha kamida bittadan toʻgarak boʻlishi shartligini ustuvor vazifalar qatorida belgilagan edi.

    Ushbu muhim topshiriq ijrosini taʼminlash, mamlakatda dzyudoni yanada ommalashtirish va bu orqali ushbu sport turi boʻyicha yosh iqtidor egalarini kamolga yetkazish maqsadida oʻzbekistonlik sportchi-qizlar orasida birinchi Olimpiada chempioni, oʻzbek dzyudosiga Olimpiya oʻyinlaridagi ilk oltin medalni taqdim etgan Diyora Keldiyorova nomidagi zamonaviy, xalqaro talablarga javob beruvchi dzyudo klubi foydalanishga topshirildi.

    Diyora Keldiyorova nomidagi dzyudo klubi tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston sport vaziri Adham Ikromov, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

    Mazkur dzyudo klubi zaliga 4 ta tatami toʻshalgan. Unda jismoniy mashqlar bajarish imkonini beruvchi sport inventarlari, kiyinish, yuvinish va tibbiyot xonalari mavjud. Jahon standartlariga toʻliq javob beruvchi ushbu markazda shugʻullanuvchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

    Hakim Tohir olgan suratlar

    Telegram kanalimiz
    Text to speech