баннер
26 Apr 2025
20:43

    Diyora Keldiyorova Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” turniri sovrindori boʻldi

    Moʻgʻulistonda dzyudo boʻyicha Ulan-Bator “Katta dubulgʻa” turnirining birinchi kuni yakunlandi.

    Unda Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga bitta bronza medali yozib qoʻyildi.

    -52 kilogramm vazn toifasida kurashgan Diyora Keldiyorova shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Yurtdoshimiz bronza medali uchun kechgan bellashuvda BAA vakili Xorlodoi Birsheltdan ustun keldi.

    Ushbu natija orqali sportchimiz jahon va Parij-2024 Olimpidasi reytingi uchun oʻz hisobiga 500 ochko yozib qoʻymoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech