DM: Arktikadagi muzlar uch yil ichida butunlay erib ketishi mumkin

    Arktika 2027-yil yozi oxirigacha butunlay muzdan xoli bo'lishi mumkin. Bu haqda The Daily Mail gazetasi olimlarga tayanib xabar berdi.

    300 kompyuter holatini modellashtirgan Geteborg va Boulderdagi Kolorado universitetlari tadqiqotchilarining fikriga ko'ra, issiqxona gazlari miqdori qanchalik o'zgarmasin, “Arktikadagi birinchi muzsiz kun” 9 – 20 yil ichida sodir bo'lishi mumkin. Biroq, to'qqizta holatda, natijalar bu uch yil ichida sodir bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda, deya qayd etdi olimlar. Bu iqlimning sezilarli o'zgarishiga olib keladi, buning oqibatida, xususan, Italiya janubida qishki harorat minus 20 darajaga tushishi va Skandinaviyada o'rmon yong'inlari sodir bo'lishi mumkin, deb xabar beradi tass.ru.

    “Kun davomida Shimoliy Muz okeani odatdagidan ko'ra ko'proq issiqlikni o'ziga singdira oladi va bu dengiz muzining qayta shakllanishini qiyinlashtiradi”, dedi tadqiqot hammuallifi Selin Xyoze mazkur gazetaga. “[Bu] yana bir kun, keyin yana bir kun va to'liq bir oy dengiz muzisiz qolish ehtimolini oshiradi”.

    Ushbu ssenariylarni ko'rib chiqqan olimlar, bir qator ekstremal ob-havo hodisalari tufayli qisqa vaqt ichida 770 000 kvadrat milya (1 994 291 kvadrat kilometr) erishi mumkinligini aniqlashdi. Bunday holda, g'ayrioddiy issiq kuz dengiz muzini zaiflashtiradi, keyin issiq Arktika qishi va bahori dengiz muzining ko'proq shakllanishiga to'sqinlik qiladi. Agar bu uch yil ketma-ket sodir bo'ladigan bo'lsa, Arktika 2027-yil yozi oxirigacha muzdan to'liq xoli bo'ladi, deydi tadqiqot mualliflari.