Ungacha epidemiologik vaziyat normallashishi mumkin, ammo voqealar rivojiga qarab sammit formati o'zgarishi mumkin, dedi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Piskov.
“Biz to'liq formatga tayyorlanmoqdamiz. epidemiologik hisob-kitoblarga ko'ra, o'sha vaqtga borib vaziyat ma'lum darajada normallashishi mumkin. Ammo buni vaqt ko'rsatadi, dedi Dmitriy Piskov “Kommersand” gazetasiga bergan interv`yusida.
Bundan bir oz avval Rossiya tashqi ishlar vaziri Segey Lavrov SHHTni o'tkazish bo'yicha o'zgarishlar bo'lmagani, sammit belgilangan muddatda Sankt Peterburg shahrida o'tishini qayd etgan edi.
SHuningdek, vazir vaziyatni kuzatib borishi, uning rivojlanishiga qarab mutassadilar bilan yana maslahatlashishini ta'kidlagan.