Bu haqda Majburiy ijro byurosining (MIB) poytaxtdagi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Utilizatsiya qilinayotgan dori vositalari orasida yurtimizda kamida 68 nafar bolaning halok boʻlishiga hamda 16 nafar bolaning nogiron boʻlib qolishiga sababchi boʻlgan “Dok1 Maks” siropi ham bor, deyiladi xabarda.

Aytilishicha,

  • 811 ming 478 dona “Dok1 Maks” tabletkalari,
  • 101 ming 669 dona “Dok1 Maks” siropi,
  • shuningdek, 2 mln. 252 ming 796 dona “Ambronol” tabletkalari,
  • 56 ming 672 dona “Ambronol” siropi tegishli tartibda yoʻq qilish tadbiri oʻtkazilmoqda.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sanitariya epidemiologiya xizmati, ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi hamda xolislar ishtirokida 3,2 mln. donadan ortiq zararli dori vositalarini ekologiya va atrof muhitga zarar yetkazmagan holda maxsus pechda yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinmoqda.