Oʻzbekistonda 20 ga yaqin bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 Maks” dorisi ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan. Bu haqda Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasi rahbari Xasan Rizo maʼlum qildi.

“Oʻlim holatlaridan afsusdamiz, hukumat tergov oʻtkazmoqda. Uning natijalaridan kelib chiqib, tegishli choralarni koʻramiz. Namunalar olingan. Ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan, qolgan jarayonlar davom etmoqda”, — deydi Xasan Rizo ANI nashriga bergan intervyusida.