Taʼkidlanishicha, agentlik vaziyatni darhol nazoratga olgan.
Bemorlar ahvolini o‘rganish va holat sabablarini aniqlash maqsadida tezkor mutaxassislar guruhi tuzildi.
Uning tarkibiga agentlik hamda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazining malakali mutaxassislari kiritildi.
Samarqanddagi dorixonalardan xarid qilingan Hindistoning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasiga tegishli “Dok-1 Maks” tabletka va limon va asal taʼmli sirop dori vositalari o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Laboratoriya tahlillari yakunlangach, uning natijalari haqida eʼlon qilinadi.
Ushbu dori vositalarining yurtimizdagi savdosi 2022-yil 22-dekabrdan vaqtincha to‘xtatildi va bu haqda “Quramax Medical” MCHJ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.