Bu mablağning 72,2 milliard sömi vafot etgan 72 nafar bolaning oilalariga, 7,8 milliard sömi esa davolangan va davolanayotgan 16 nafar bolaning oilalariga berildi.

Soğliqni saqlaş vazirligining maʼlum qilişiça, Toşkent şahar jinoyat işlari böyiça sudining ijro hujjatlariga asosan, 90 nafar jabrlanuvçi foydasiga jami 82 milliard söm kompensatsiya undirilişi belgilangan edi.

Biroq aybdorlarning xatlangan mol-mulkini sotiş jarayoni belgilangan muddatdan çözilgani sababli, şu vaqtgaça kompensatsiyaning faqat 20 foizi, yaʼni 16,8 milliard sömi tölangan.

Jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni töliq qoplaş işlarini tezlaştiriş böyiça Prezident tomonidan tegişli topşiriq berildi.

Şunga asosan, davlat byudjetidan 65,2 milliard söm ajratildi. Uşbu mablağ hisobidan kompensatsiyaning asosiy qismi tölab berildi.

Bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilganidan söng yana ikki nafar bolaning oila aʼzolariga qolgan 2 milliard söm ham töliq tölanişi maʼlum qilindi.

Byudjetdan ajratilgan 65,2 milliard söm aybdor şaxslarning mol-mulkini sotişdan tuşgan va ulardan undirilgan mablağlar hisobidan respublika byudjetiga qaytariladi.

Ayni vaqtda Soğliqni saqlaş vazirligi va tegişli davlat taşkilotlari masʼullari respublika tibbiyot markazlari şifokorlari bilan birgalikda jabrlangan oilalarning holidan xabar olib, bolalarga qöşimça tibbiy va psixologik yordam körsatiş çoralarini körmoqda.