Keltirilishicha, Tramp bitkoinga bo‘lgan yomon munosabatini kriptovalyutaning AQSh dollari bilan raqobatlashishi bilan izohlagan. Sobiq prezident fikriga ko‘ra, dollar «dunyo valyutasi»ga aylanishi kerak.
Ta'kidlanishicha, Tramp AQSh prezidenti sifatida 2020 yilda bitkoin va boshqa kriptovalyutalarni «yo‘q qilishni» va ular bilan savdo qilishni to‘xtatishni rejalashtirgan. Davlat rahbari bu bo‘yicha 2018 yil may oyida AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinga tegishli ko‘rsatmalar bilan murojaat qilgan.