Biznesmen intervyusi davomida, shuningdek, Xitoyning rasmiy raqamli valyutasiga ham eʼtibor qaratgan va uning Amerikadagi oʻxshashlariga qaraganda ishlatishda ancha qulay boʻlishini taʼkidlagan.

“Oʻylashimcha, kelajakda odamlar valyutalarni oʻzlari tanlaydi. Oʻshanda eng kuchli iqtisodiy poydevorga ega boʻlgan valyutalargina raqobatbardosh boʻladi. Ammo bu jarayon koʻpgina mamlakatlar uchun xavf tugʻdiradi”, deya taʼkidlagan Dalio.

Uning fikriga koʻra, AQSH iqtisodiyoti nafaqat yuanning kuchayishi tufayli, balki ichki muammolar, xususan, amerikaliklarning qarzi darajasining oʻsishi oqibatida ham tanazzulga uchrashi mumkin.