Unga ko'ra, ertaga, 27 oktyabrdan e'tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 359 so'm 88 tiyinni tashkil etib, o'tgan haftadagi kursga nisbatan 11 so'm 88 tiyinga arzonlashdi.

1 evro kursi 12 285 so'm 78 tiyinga baholanib, 132 so'm 15 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl` kursi o'tgan haftaga nisbatan 2 so'm 92 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl` 136 so'm 11 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chog'ida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.