Tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida yoshlarga sportning voleybol, basketbol, tennis, kurash, futbol, mine futbol turlaridan tashkil etilgan sogʻlomlashtirish toʻgaraklari, yangi, zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan trenajyor zallari, suzish havzasi, futbol maydoni va barcha sharoitlarni oʻz ichiga olgan muhtasham sport sogʻlomlashtirish majmuasi faoliyati tanishtirildi.
Universitetning “Qatagʻon qurbonlari“ muzeyiga sayohat qilgan yoshlari mazkur muassasaning bir asrlik tarixi, Fargʻona ziyolilari, ilm — maʼrifat fidoiylari haqida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, harbiy taʼlim fakultetiga tashrif buyurgan mehmonlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib oʻringa ega boʻlib kelayotgan fakultet faoliyati, moddiy texnik bazasi bilan tanishtirildi va fakultet tomonidan yoshlarga harbiylashtirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad “Dolzarb 90 kunlik“ loyihasida aytib oʻtilganidek, yozgi taʼtil vaqtida yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va shahrimizdagi har bir yoshni faollikka chorlashdan iboratdir.
Navbatdagi manzil Fargʻona viloyati Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatri boʻldi. Bu yerda yoshlarning madaniy hordiq olishlari uchun Gʻofur Gʻulomning “Shum bola“ asari asosida sahnalashtirilgan sahna koʻrinishi taqdim etildi.
Hamkorlik materiali