баннер
17 Apr 2025
03:04

    Dolzarb bir oylik safarbarligi eʼlon qilindi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.

    Farmonga koʻra, 2025 yil 11 martdan boshlab “dolzarb bir oylik”safarbarligi eʼlon qilindi.

    Oylik doirasida:

    • mahallalarda 29 mingta kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish, zarur qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni;
    • aholi xonadonlariga 1,23 million bosh parranda, 24 ming oila asalari va 21 ming bosh quy-echki va qoramol yetkazib beriladi;
    • 400 ming gektar aholi tomorqalarida hamda 180 ming gektar ijara yer maydonlarida sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli va boshqa serdaromad ekinlar ekiladi.

    Vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlariga hudud, tuman va shaharlarga biriktiriladi.

    • Shuningdek, «Bir mahalla - bir mahsulot” hamda ijara yerlarida «Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida serdaromad ekinlar ekilish tashkil etiladi;
    • “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt koʻchatlari ekiladi va kambagʻal oilalarga mevali daraxtlar koʻchatlarini yetkazib beriladi;
    • Mahallalarda mini-traktor va motokultivatorlardan foydalanib, aholi tomorqalariga ekish ishlarini tashkil etiladi;
    • Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan 874 ta mahallada sugʻorish tizimini yaratishni Navroʻz umumxalq bayramiga qadar yakunlanadi;
    • Kambagʻal oilalarga moliyaviy koʻmak paketlari (issiqxonalar, parranda, baliq, chorva mollari, asalarichilik uskunalari va ekish materiallari) yetkazib beriladi;
    • Aholi daromadlarini oshirish maqsadida mikroloyihalar amalga oshiriladi;

    Kambagʻal oilalar farzandlarini kasb-hunarga oʻqitish va davolanishlariga yordam beriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech