Baʼzi oziq-ovqat qoʼshimchalari dori vositalarining taʼsirini kuchaytirishi yoki kamaytirishi, shuningdek, preparatning organizmda soʼrilishi va chiqarilishiga taʼsir qilishi mumkin.

Bu esa davolashning samaradorligi va xavfsizligiga bevosita taʼsir koʼrsatadi. Dorilarni qabul qilish vaqtini va ular orasidagi intervallarni toʼgʼri hisoblang. Dori boʼyicha koʼrsatmalarni diqqat bilan oʼqing. Koʼpincha ishlab chiqaruvchilar tabletkani kuniga maʼlum miqdorda qabul qilish kerakligini taʼkidlaydi. Bunda qabul qilish vaqtini sutkadagi 24 soatga qarab hisoblash kerak.

Inson tanasi hatto uyqu vaqtida ham tinimsiz ishlaydi. Shu sababli u duch kelgan muammoga teng va bir xil bilan taʼsir qilishi uchun dorilarni qabul qilishda nihoyatda eʼtiborli boʼling.

Dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlarining mosligini hisobga oling. Dori-darmonlar va baʼzi oziq-ovqatlarni birgalikda isteʼmol qilish mumkin emas. Misol uchun, choy, qahva, mineral suv yoki meva sharbatlari bilan ichilsa, koʼplab dorilarning taʼsiri kamayadi.

Аgar dorini sut mahsulotlari, non, xamirli ovqatlar, dukkaklilar bilan bir vaqtda qabul qilinsa, temir moddasi soʼrilishi qiyinlashadi.

Shu bois barcha dorilarni shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilish maqsadga muvofiq.