Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.I. va boshqalar qoʻlga olindi.

Maʼlum boʻlishicha, ular oʻzaro til biriktirib, fuqaro Sh.A.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 402 quti “PK-Mers” nomli dori vositasini 12 200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.