Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazildi. Unda fuqaro A.Sh. va boshqalar 1 000 dona “Zardeks” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.Sh.ga 25 million so'mga sotgan vaqtida ushlanib,  A.Sh.ning yonidan 220 dona va uning xonadonidan yana 1 800 dona “Zardeks” nomli dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqqo'rg'on tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.M. 5 dona “Tropikomid” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.A.ga 1 million so'mga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan sotish uchun mo'ljallangan 103 dona “Tropikomid” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta'sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.