Reklama to'g'risidagi qonunda keltirilishicha, dori vositasining tarkibiga, kelib chiqishiga, yangiligiga yoki patentlanganligiga nisbatan yanglishishlarga yo'l qo'yish mumkin emas. 

Shuningdek,

— dori vositasi ovqatga qo'shiladigan biologik faol qo'shimcha, kosmetik mahsulot yoki gigiena vositasi yoxud boshqa har qanday turdagi tovar ekanligini ta'kidlamasligi;

— reklama ta'sirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan noto'g'ri taqqoslashlarga yo'l qo'ymasligi;

— mazkur dori vositasining ta'siri kafolatlanganligi to'g'risidagi tasdiqni o'z ichiga olmasligi;

— inson salomatligi dori vositasini qabul qilmaslik oqibatida yomonlashishi mumkinligini uqtirmasligi kerak.

 Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qo'llashga va ulardan foydalanishga qarshi ko'rsatmalar mavjudligi, qo'llashga doir yo'riqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi to'g'risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.