Dorivor lavanda va grek yongʻogʻi — tabobat va sanoatda yetakchi

    Fan 28 Sentabr 2021 1545

    Oʻrmon Xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutida “Oʻrmon xoʻjaligi ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda yoshlarning roli” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

    Respublika Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda dorivor va manzarali oʻsimliklarga mineral oʻgʻitlarning taʼsiri, mavrak oʻsimligini yetishtirishda sugʻorish meʼyorlarining biometrik koʻrsatgichlari, choʻl hududlarida yogʻochbob pavloniya yetishtirish va boshqa mavzularida olib borilgan tadqiqotlarga eʼtibor qaratildi.

    Fargʻona vodiysi sharoitida dorivor lavanda oʻsimligini yetishtirish va grek yongʻogʻining xalq tabobati hamda ishlab chiqarish sanoatidagi ahamiyati borasidagi ilmiy ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

    — Grek yongʻogʻi oʻrmon xoʻjaligidagi eng qimmatbaho oʻsimliklarning oʻntaligiga kiradi. Ushbu daraxtning mevalari, poʻstlogʻi, barglari ham foydali va serdaromad. Xomashyo sifatida farmatsevtikada keng qoʻllaniladi. Ildizi baquvvat sel oqimlari va tuproq eroziyasining oldini oladi, — deydi Oʻrmon Xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti Sh. Amanbayeva.

    Shuningdek, sohadagi dolzarb muammolar atroflicha tahlil qilindi.

    Feruza MUXTOROVNA