Doston Roʻziyev Toshkent “Katta Dubulgʻa” turniri gʻolibi boʻldi

    Toshkent “Katta Dubulgʻa” turnirining ilk kunida dastlabki oltin medalni terma jamaomizga Doston Roʻziyev taqdim etdi.

    -60 kg vazn toifasining final bahsida hamyurtimiz Gruziya vakili Giorgi Sardalashvili bilan kurash olib bordi va gʻalabaga erishib, oltin medalni ham qoʻlga kiritdi.

    Dzyudochimiz parterdagi ajoyib harakatlari bilan raqiblaridan bir bosh ustun ekanini koʻrsatdi.

    Bu oltin medal Roʻziyevga jahon va Parij-2024 reytingi uchun 1000 ochko taqdim qildi. Dzyudochimiz oltin medalni Sport vaziri Adham Ikramovdan qabul qilib oldi.