Doʻstona uchrashuv natijalari

    Energetika 31 Yanvar 2025 444

    Shu yilning 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida suv munosabatlarining barcha yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda takliflar ishlab chiqish boʻyicha Qoʻshma ishchi guruhining 12-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev, Qozogʻiston Respublikasi Suv resurslari va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov, “Sirdaryo” havzasi suv xoʻjaligi birlashmasi boshligʻi O.Xolxoʻjayev, ikki davlat suv xoʻjaligi mutaxassislari ishtirok etdi.

    Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” sammitidagi nutqida Oʻzbekiston suv tejovchi texnologiyalar mintaqaviy xabini tashkil qilishga tayyor ekanligini taʼkidlagan edi.

    Yigʻilishda Oʻzbekistonda suv tejovchi texnologiyalarning joriy etilishi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi, tomonlar bu borada tajriba almashishni maslahatlashib oldilar.

    Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida suv munosabatlarining barcha yoʻnalishlarida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda takliflar ishlab chiqish boʻyicha Qoʻshma ishchi guruhining yigʻilish bayoni imzolandi.